Ethereum 10-noyabr holatiga ko‘ra $2,100–$2,130 oralig‘ida savdo qilinmoqda. Umumiy bozordagi sotuv to‘lqini va leverage’li longlarning yopilishi narxni pastga tortmoqda.

Spot Ethereum ETF’lari so‘nggi savdo kunida taxminan $93 million net chiqim qayd etdi. Bu Bitcoin ETF’lari bilan parallel ravishda ketmoqda. Institutsional talab vaqtincha zaiflashgan, lekin umumiy net assets hali ham milliardlab dollarlarni tashkil etadi.

CoinGlass ma’lumotlariga ko‘ra, Ethereum so‘nggi 24 soatda eng katta liquidatsiya hajmlaridan birini ko‘rdi, asosan long pozitsiyalar. Bitmine kabi kompaniyalar esa qisqa muddatda ETH sotib olishni davom ettirmoqda va supply’ning 5% ga yaqinlashmoqda.

$2,100 zonasi muhim qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Agar ushlansa, $2,200–$2,300 ga tiklanish mumkin. Aks holda $2,000 ga tushish xavfi bor. ETH/BTC nisbati zaif. Analitiklar umumiy risk appetite tiklanishini kutmoqda. Keyingi makroiqtisodiy ma’lumotlar muhim rol o‘ynaydi.

Manba: CoinDesk, SoSoValue, CoinGlass, Alpha Node.