
8-sentabr holatida songgi tolik savdo haftasi spot Bitcoin ETFlari $986,9 million sof kirim yozgan. Bu ketma-ket uchinchi ijobiy hafta, uch haftalik jami ~$3,8 milliard — 2026-yilning eng kuchli seriyasi. Kategoriya AUM ~$101 milliard, kumulativ kirim ~$55,6-56 milliard.
BlackRock IBIT yetakchi: juma kuni $174,6 mln umumiy kirimning $117,4 mln ini olgan. 3-sentabr kuni +$730,9 mln — yanvardan beri eng kuchli kunlardan. Sentabr oyida hozircha 4 savdo kunida ~$770 mln sof plus.
Shunga qaramay dushanba-seshanba ertalab BTC $80 000 ostida. FXStreet takidlashicha, $987 mln ham ustki bosimni yopa olmagan. Sabab — NFP va 60% stavka oshirish ehtimoli. Yil boshidan oqimlar hali ham taxminan $1 mlrd minusda.
Savdo hajmi oldingi haftadagi ~$19 mlrddan ~$14,5 mlrdga tushgan. 11-sentabr CPI gacha IBIT oqimi Bitcoinning asosiy institutsional termometri bolib qoladi.
Manba: SoSoValue, The Block, FXStreet, Farside Investors.