
Bitcoin narxi 5-noyabrda $80,000 dan pastga tushib, $75,500–$76,000 atrofida barqarorlashdi. Nasdaq Composite taxminan 3% pasayishi kripto bozorini ham bosib o‘tdi. 24 soat ichida $800 milliondan ortiq long pozitsiyalar liquidatsiya qilindi.
Ethereum $2,230–$2,280 oralig‘ida 7–8% pasaydi, Solana $89–$91 atrofida. XRP, DOGE va boshqa altcoinlar 5–7% yo‘qotdi. Bozor ishtirokchilari AI sektoridagi xavflar va AQSh midterm natijalaridan keyingi noaniqlikni asosiy omil deb hisoblashmoqda.
Spot Bitcoin ETF’lari 4-noyabrda $74,6 million kirim qayd etgan edi, lekin 5-noyabrda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yana chiqimlar kuzatildi. BlackRock IBIT va boshqa fondlar aralash oqim ko‘rsatdi. Analitiklar $75,000–$76,000 zonasi muhim qo‘llab-quvvatlash darajasi deb belgilashmoqda.
Qisqa muddatda bozor volativligi yuqori qolishi kutilmoqda. Texnik jihatdan BTC $75,000 ni ushlab tursa, tiklanish imkoniyati saqlanadi. Aks holda $72,000–$73,000 ga tushish xavfi bor.
Manba: CoinGlass, Farside Investors, Bitcoin Insider, Benzinga.